Buxoro yangiliklari
Yangi aviakompaniya Buxoroga ilk parvozini amalga oshirdi
Bugun, 25-aprel kuni soat 11:20 da O‘zbekistondagi yangi “Silk Avia” aviakompaniyasining “Toshkent – Buxoro – Urganch” yo‘nalishida ilk marotaba harakatlanayotgan ATR-72-600 havo kemasi havo bortida 36 yo‘lovchi bilan “Buxoro xalqaro aeroporti” ga kelib qo‘ndi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar qilmoqda.
An’anaga binoan havo kemasi suvli arka, ekipaj va yo‘lovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Silk Avia” aviakompaniyasi quyidagi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshiradi:
“Toshkent – Buxoro – Urganch” yo‘nalishi
haftasiga 5 marta
“Urganch – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishi
haftasiga 5 marta
Shubhasiz, ushbu yo‘nalishdagi yangi reyslarning yo‘lga qo‘yilishi aholining hududiy havo transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga hamda ziyorat turizmi rivojlanishida ko‘maklashadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi