Buxoro yangiliklari
Buxorolik miniatyurachi Parijda “master-klass” o‘tkazdi
Joriy yilning 22– va 23-aprel kunlari Parijdagi Arab dunyosi institutida buxorolik Davlat Toshevning miniatyura bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar qildi.
Ma’lumot uchun, Davlat Toshev ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan mahoratli o‘zbek miniatyurachilaridan biri hisoblanib, bundan oldin ham uning asarlari xalqaro ko‘rgazmalarda, xususan, Qozog‘istondagi “Markaziy Osiyo hunarmandlari” (2001–2003), Parijdagi “O‘zbek miniatyurasi” (2005) va Santa-Fe, AQSh (2009)dagi ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. Shuningdek, u 2019-yilda “Ustoz-shogird” bolalar amaliy san’ati markaziga asos solgan.
Badiiy miniatyura o‘zbek xalqining madaniy o‘zlikni anglashini yaqqol aks ettiradi. U o‘rta asrlarda shakllangan jamiyatning ma’naviy qadriyat va barkamollik namunalarini zamonaviy hayot ehtiyojlariga moslashtirgan holda qayta idrok etishga undaydi. Bugungi kunda miniatyura charm, yog‘och, chinni va sopol buyumlariga yanada fayz baxshlashda amaliy bezakli-rangli tasvirlarning betakror va muhim turiga aylanib ulgurgan.
Mazkur mahorat darslari “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasining madaniy-ma’rifiy dasturi doirasida o‘tkazildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi