Islom
Tahorat ustiga tahorat olsa, 10 ta savob yoziladimi?
Savol: Tahorat ustiga tahorat olsa, 10 ta savob yoziladimi?
Javob: Tahorati yo‘q kishi namoz o‘qishdan oldin tahorat olishi farz. Agar tahorati bo‘lsa, tahoratini yangilashi mustahabdir.
Abu G‘utayf al-Huzaliy rivoyat qiladi: “Men Abdulloh ibn Umarning oldida edim. Peshinga azon aytilganda, tahorat qilib namoz o‘qidi. Asrga azon aytilganda ham tahorat qildi. Men undan buning sababini so‘raganimda, u: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tahorat ustiga tahorat qilsa, Alloh unga o‘nta hasana (savob, yaxshilik) yozadi”, deganlar”, deb javob berdi” (Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyati. Rivoyat sanadi zaif).
Kimning tahorati bo‘la turib, yana tahorat qilsa, Alloh taolo unga o‘nta yaxshilik yozadi. Buni ulamolar turlicha talqin qilishgan. Ba’zilar: “Unga o‘n marta tahorat qilganlik savobi yoziladi”, desa, boshqalar bu ishni qilganlarga o‘nta savob yozilishini aytishgan. Nima bo‘lganda ham, tahorat ustiga tahorat qilish bilan banda maqomi ko‘tarilishi va ajr-savobi ko‘payishi shubhasiz.
Muallif: Muhammad Ayyub domla Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi