Mashhurlar
Ruhshonaning uyiga igna sanchilgan o‘lgan qushni tashlab ketishdi — video
Kuni kecha isteʼdodli xonanda, goʻzal aktrisa va teleboshlovchi Ruhshona Matkarimova Instagramdagi sahifasida biroz vahimali videoni joylashtirib, muxlislarini qattiq qo‘rqitdi. Undagi kadrlarda igna sanchilgan kuygan qushni koʻrishingiz mumkin.
Oʻlik jonzot xonandaning uyiga tashlab ketilgan. Ruhshona qushni topgach, obunachilari singari mazkur voqeadan hayratda qoladi.
Ammo uning soʻzlariga koʻra, bu ishni qilgan odamni oʻzi ham, boshqalar ham yaxshi bilishadi.
“– Men u insonni uyim oldida nimadir tashlab ketganini koʻrganman”, – dedi Ruhshona.
Qoʻshiqchining aytishicha, eng yomon tomoni shundaki, u bir necha kun oldin oʻzini juda yomon his qilgan, lekin nima uchun bunday boʻlganini hech kim tushuna olmagan. Mutlaqo sogʻlom boʻlishiga qaramay, Ruhshona oʻzini holsiz his qilmoqda.Bu voqealar kimdir uni “oʻqitib”, yomonlik yubortirganiga (folbinga borib) ishora qilayotgandek. Biroq, xonandaning oʻzi bunday narsalarga ishonmaydi va yuqoridagi voqealar oʻrtasidagi aloqani rad etmoqda.
U igna suqilgan qushni qoldirib ketgan odam undan kechirim so‘ramasa, kameraga tushib qolgan videoni eʼlon qilishga qaror qilganini aytdi.
Aktrisa ushbu shaxsni aybini tan olishga va u bilan bogʻlanishga chaqirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi