Buxoro yangiliklari
17 kishiga soxta aviachipta sotganlar aniqlandi
Buxoro shahrida Rossiyaga jo‘natish uchun soxta aviachiptalar tayyorlab, 17 nafar fuqaroni 22,1 ming dollarga chuv tushirganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqaro S. S. va S. R. oldindan til biriktirib, Rossiya hududiga kirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tanishlari orqali olib berishga ishontirgan. Ular buning evaziga fuqarolarining har biridan 1300 dollar olib, Buxoro–Jukovskiy charter aviareysiga soxta chiptalarni tayyorlab bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular jami 17 nafar fuqaroning 22 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Mazkur holat yuzasidan S. S. va S. R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi (Pora berish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi