Texnologiyalar
Yevropa kosmik agentligi Yupiterga missiyasini yubordi
1,6 milliard yevroga baholangan ushbu loyiha “Jupiter Icy Moons Explorer (Juice)” deb nomlanadi. Missiyaning maqsadi — Yupiterning yo‘ldoshlarida hayotni ta’minlash uchun zarur sharoitlar mavjudligini aniqlash.
Stansiya 2031-yilning iyulida Yupiterga (Yerdan 628 mln km) yetib borishi kerak. Ilmiy missiya 2035-yil sentyabr oyida yakunlanadi.
Ma’lumot berilishicha, mazkur “Juice” missiyasining asosiy vazifasi bevosita hayotni topish emas. Tadqiqotchilar u yerda hayot paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhitni aniqlashmoqchi.
Agarda gaz sayyorasi hisoblangan (Yupiter yashash uchun yaroqsiz bo‘lsa, uning yo‘ldoshlari Yevropa va Ganimed buning uchun asosiy nomzodlardir. Sababi, muzli yuzasi ostida ular suyuq suvdan iborat okeanlarni o‘z ichiga oladi.
Biz bilamizki, faqat suyuq suv – hayot paydo bo‘lishiga imkon beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi