Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanida yangi tunnel foydalanishga topshirildi – fotojamlanma
Xababringiz bor, Navro‘z bayrami arafasida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 272-kilometrida tibbiyot shaharchasi, “Karvon buyum bozori” hamda viloyat bosh avto bekati borligi hisobidan piyodalar oqimining juda ham serqatnovligi, qolaversa, aholining talab va istaklari inobatga olingan holda bu yerda piyodalar yer osti o‘tish yo‘li qurib, foydalanishga topshirilgan edi. Buning natijasida tirbandliklar kamaydi, ko‘plab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.
Bugun, 28-aprel kuni fuqarolarning hayoti xavfsizligini ta’minlaydigan xuddi shunday yana bir muhim inshoot M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 262-kilometri, aniqrog‘i, Buxoro tumanidagi “Rabotak” aholi punktida foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, xalqaro ahamiyatga yo‘lning ushbu qismida avtomobillar va piyodalar juda serqatnov bo‘lib, buning natijasida kelib chiqadigan tirbandliklar haydovchi va piyodalarning ortiqcha vaqti sarflanishiga olib kelardi. Qolaversa, bu yo‘lni kesib o‘tishdagi shoshma-shosharliklar yoki haydovchilarning e’tiborsizligi tufayli bir qancha yo‘l transport hodisalari kuzatilgan.
— Buxoro tumani hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining 15 tasi yoki 35 foizi xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘lida, shundan, 14 tasi M-37 yo‘lining 252-262 kmlari oralig‘i, ya’ni mana “Rabotak” aholi punki hududida sodir bo‘lgan. Afsuski, ularning 2 tasi fuqarolarning ayanchli o‘limi, 4 tasi jiddiy jarohat olish bilan yakun topgan. Bugun ishonch bilan ayta olamizki, piyodalar uchun har tomonlama qulay ushbu yer osti yo‘lining barpo etilishi hammaning avtomobil haydovchilariyu piyodalarning xavfsiz harakatlanishiga imkon yaratib, yo‘ldagi tirbandliklar oldini olishda va bu orqali mudhish fojialarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi, – deydi viloyat YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurullayev.
Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 oktyabrdagi “Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan piyodalar yer osti o‘tish yo‘li qurilishi “Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Buning uchun 4 mlrd 700 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Qurilishda tajriba sinovdan o‘tgan usullardan foydalanildi. Shuningdek, yer osti yo‘li qurilishi jarayonida drenaj tarmoqlari va kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Uzunligi 34 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi 2,5 metr bo‘lgan mazkur yer osti yo‘li 1 sutkada 3 000 dan ortiq piyodani o‘tkazish quvvatiga ega.
Piyodalar yer osti o‘tish yo‘lining ochilishi munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, Buxoro tumani hokimi Xayrullo Jo‘rayev, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham qatnashdi.
Hozirgi kunda M-37 avtomobil yo‘lining “Rabotak” aholi yashash punktidan o‘tgan qismidagi transport vositalarining harakat jadalligi sutkasiga 62 500 tani tashkil etayotganini inobatga olsak, yer osti o‘tish yo‘lining piyodalar harakat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglaymiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi