Salomatlik
Qazg‘oqdan qutilishning 3 ta eng yaxshi usuli
Qazg‘oq har bir insonda paydo bo‘lishi mumkin: bunga esa stress, noto‘g‘ri soch parvarishi yoki vitaminlar yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Qazg‘oqdan qutilishga yordam beradigan shampunni sotib olishdan oldin undan xalos bo‘lish uchun tabiiy vositalarni sinab ko‘ring. Qazg‘oq bosh terisiga zarar beradi, soch tolalariga havo kirishiga to‘sqinlik qiladi va ildizlarning mo‘rt, zaif bo‘lib qolishiga olib keladi. “Daryo” nashri muxbirlari bu haqda foydali maqola tayyorlashdi.
Iste’mol sodasi
Iste’mol sodasi nafaqat oshxonada foydali, balki ba’zi go‘zallik muammolarini hal qilishga ham yordam beradi. Masalan, uning eng yaxshi xususiyatlaridan biri qazg‘oqni ketkazishidir. Iste’mol sodasining ishqoriy asosi bosh terisiga sog‘lom pH muvozanatini tiklashga yordam beradi. Shuningdek, yumshoq eksfoliator vazifasini bajaradi va soch ildizlaridagi barcha o‘lik hujayralardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Iste’mol sodasi bilan nam sochni va bosh terisini yumshoq massaj qiling, lekin protsedurani haftada bir martadan ko‘p takrorlamang.
Choy daraxtining moyi
Antibakterial, antifungal va yallig‘lanishga qarshi vositalardan biri barcha foydali xususiyatlarga ega qazg‘oqni yo‘qotish uchun qo‘llaniladigan vositalardan biri choy daraxtining moyi hisoblanadi. Tabiiy antiseptik vosita sifatida ishlatiladigan moy qazg‘oqni va uning noxush alomatlarini yo‘q qiladi. U bosh terisining quruqlashib qolishiga va qichishiga qarshi kurashadi. Shampunga bir necha tomchi choy daraxti moyini qo‘shing va uni iloji boricha bir kun davomida boshingizga surtib yuvib tashlamang. Yanada samaraliroq bo‘lishini istasangiz 5-7 tomchi choy daraxti moyini ozgina zaytun moyi bilan aralashtirib, aralashmani soch ildizlariga surting. Jarayonni muntazam ravishda haftasiga bir marta takrorlang va shundan so‘ng qazg‘oq sezilarli darajada kamayadi.
Olma sirkasi
Tabiiy olma sirkasida yuqori miqdorda kislota bor, bu esa bosh terisidagi yog‘ muvozanatini tiklashga yordam beradi va zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi. Aynan shu bakteriyalar qazg‘oqni yuzaga keltiradi. Paxta yostiqchalarni olma sirkasi bilan namlang va sochlaringizni qismlarga ajratib, suyuqlikni bosh terisiga surting. Shu holatda bir soatga qoldiring. Vaqt o‘tgandan keyin boshingizni yuving.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi