O‘zbekiston
Bobur Bobomurod Nukus garnizonida yangi kitobi taqdimotini o‘tkazdi
Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Bobur Bobomurod “Vatan mehri” deb nomlangan o‘zining navbatdagi she’riy to‘plami taqdimotini o‘tkazdi.
Tadbirda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari kitobning yaratilishi va she’rlarning mohiyati haqida shoirning o‘zidan eshitib, ijod namunalaridan baxramand bo‘lishdi.
Kitobdan o‘rin olgan she’rlar o‘zining samimiyligi, yengil o‘qilishi bilan kishini o‘ziga tortadi. She’rlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanni sevishga, uni qadrlash va ko‘z qorachig‘idek asrashga, ona yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqiradi.
Uchrashuv davomida shoir Bobur Bobomurod yaqinda kapital ta’mirdan chiqib, muhtasham ko‘rinishga ega bo‘lgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘ylab sayohat qildi. Harbiy okrug tarixi muzeyi, ayniqsa shoirda katta tassurotlar qoldirdi. Markazda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun faoliyat yuritayotgan bir nechta fan to‘garaklaridagi sharoitlar, bino interyerining o‘zgacha uslubdagi bezaklari mehmon qalbidan chuqur joy oldi. Tadbir yakunida shoir o‘zining yangi kitobini garnizon Ma’naviyat va ma’rifat markaziga sovg‘a qildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi