Buxoro yangiliklari

Buxorodagi “Karvon buyum bozori” da sotuvchini do‘pposlashdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Joriy yilning 6-aprel kuni soat 11:00 lar atrofida Buxoro shahridagi “Karvon buyum bozori” da bir fuqaro sotuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Sh. B. bilan o‘zaro janjallashib, unga qo‘l mushti bilan yuz va bosh sohasiga bir necha marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh. B. sog‘lig‘ining qisqa muddatda buzilishiga olib keladigan yengil shikast yetkazilgan.

Mazkur – bezorilik jinoyatini sodir qilgan shaxs Buxoro tumanidagi “Tor-Tor” mahallasida yashovchi J. S. ekanligi oydinlashgan.

Ayni damda holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan J. S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.