Buxoro yangiliklari
Buxorolik 16 yoshli qizning shaxsiy videosini tarqatib, uni maktab psixologi degan shaxslarga qarshi jinoyat ishi ochildi — video (18+)
Kuni kecha internetda Qorako‘l tumanidagi 4-maktab psixologi deya e’tirof etilgan yosh qizning shisha idishdan ichimlik ichib, musiqa xirgoyi qilayotgan videosi tarqaldi.
Ushbu holat Buxoro viloyati IIB tomonidan o‘rganilganda, ushbu videorolikdagi shaxs Qorako‘l tumanida yashovchi va shu hududdagi maktablarning birida tahsil oluvchi 16 yoshli qiz ekanligi aniqlandi. Video esa taxminan 2 yil oldin (qiz 14 yoshda bo‘lgan) uning uyida va shaxsiy telefoniga tasvirga olingan ekan. Mazkur video qizning o‘ziga nomaʼlum bo‘lmagan holda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Qayd etilishicha, ushbu videotasvirlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketganidan so‘ng, voyaga yetmagan qizning buvisi tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi va qizning telefoni ularga nomaʼlum bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilib, ularning roziligisiz shaxsiy videolar internetda tarqatib yuborilib, voyaga yetmagan nevarasining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitganligini bayon qilgan. Arizada, shuningdek, ushbu shaxslarni topib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi (18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarini oshkor qilish) bilan ish qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyat IIB ning ma’lum qilishicha, jinoyat ishi doirasida aybdorlarning shaxsiga to‘la aniqlik kiritilib, ularning harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
Shu o‘rinda tashkilot matbuot xizmati internet kuzatuvchilari, mustaqil jurnalist va blogerlarga murojaat qilib chiqdi. Unda OAV da va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holatni turlicha talqin qilmasliklaringizni, tergov harakatlarining odilona, xolis va to‘laqonli olib borilishiga shubha tug‘dirmasliklari so‘raladi.
Bunga sabab esa, turli sayt hamda axborot resurslarida go‘yoki videoni 16 yoshli qizning sinfdoshi uning shaxsiy telefonidan ruxsatsiz yuklab olgan hamda maktab o‘quvchilari orasida tarqatganligi iddao qilingan.
Shuningdek, mazkur video tarqalishida aytib o‘tilgan maktabining haqiqiy psixologi bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddaning 1-qismi, 227-moddaning 1-qismi, 228-moddaning 1- hamda 3-qismlari bilan ayblangan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda o‘quvchi qizning ruhiy holati, tushkunlikka tushib, turli ta’sirlarga berilmasligi uchun tajribali psixologlar jalb qilingan bo‘lib, u oilasi va yaqinlarining doimiy nazoratida bo‘lib turibdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi