Buxoro yangiliklari

Qorako‘lda ruxsat etilmagan joyda cho‘milayotgan bolalar FVB tomonidan ogohlantirildi

photo
Foto: FVB

Loading

Hammamizga ma’lumki, ayni kunlarda respublikamizda, jumladan Buxoroda ham ob-havo harorati ko‘tarilishni boshladi. Kundan-kunga qizib borayotgan kunlar esa insonlarni salqin joylarga chorlashi aniq. Ayniqsa, suv havzalari jon rohati bo‘lib tuyulsa-da, qo‘riqlanmaydigan kanal va ariqlar hayot uchun juda ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun ham Qorako‘l tumani FVB xodimlari tomonidan cho‘milish ruxsat etilmagan suv havzalarida baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Afsuski, suv bo‘ylarida cho‘milishga kattalarning qarovisiz yolg‘iz kelgan bolajonlar ham uchrayapti.

Bu esa o‘z navbatida ota onalarning farzandi hayotiga e’tiborli bo‘lishini talab qiladi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari Qorako‘ldagi ruxsat etilmagan joylarda cho‘milayotgan bolalarni bu borada ogohlantirib, xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirishdi va boshqa bunday harakatlarni qilmaslik kerakligi haqida ta’kidlab o‘tishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.