Texnologiyalar
Google kompaniyasi muhandisi Telegramda jiddiy zaiflik topgani rostmi?
Kuni kecha Google kompaniyasi muhandisi bo‘lib ishlaydigan Dan Reva Telegramning MacOS versiyasida hakerga kompyuterning kamera va mikrofonidan foydalanish imkonini beradigan xavfsizlik zaifligini topgan.
Qayd etilishicha, muhandis mazkur kamchilik haqida Telegram jamoasini ogohlantirgan, lekin messenjer rahbariyati javob unga javob bermagan. Shu sababli ham zaiflik kiberxavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Mett Yoxansen blogi orqali ommaga havola etilgan.
Tadqiqotchining Twitter sahifasida yozilishicha, yuqoridagi zaiflik messenjerning macOS uchun mo‘ljallangan ilovasida “Dylib” kutubxonasini tadbiq etishda kelib chiqqan.
Telegram rahbariyatiga yaqin hisoblangan “Kod Durova” nashrinining ma’lum qilishicha, zaiflik umuman olganda foydalanuvchi maxfiyligini xatarga qo‘ymaydi. Chunki, yuqoridagi holat yuzaga kelishi uchun zararli dastur oldindan MacOS ga o‘rnatilgan bo‘lishi va tizimda “root” qo‘lga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Telegram asoschisi Pavel Durov ham bunga o‘z munosabatini bildirdi. Xususan, u messenjer tomonidan bu zaiflikni yopadigan xavfsizlik yangilanishi allaqachon App Store da mavjud ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek ma’lum qilinishicha, rasmiy Telegram saytidan yuklab olingan ilovada bunday zaiflik bo‘lmagan va foydalanuvchilar maxfiyligi umuman xavf ostida bo‘lmagan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi