Buxoro yangiliklari
Jondor tumanida maktab ta’miri paytida katta miqdordagi talon-tarojliklar fosh bo‘ldi
Buxoro viloyati Jondor tumanidagi maktab binosini ta’mirlashda 140 million so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Jondor tuman bo‘limi tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda pudratchi korxona rahbari va boshqalar maktab binosiga smeta loyiha hujjatlarida belgilangan tabiiy gaz hamda qattiq yoqilg‘iga mo‘ljallangan isitish qozoni o‘rniga boshqa rusumdagi isitish qozonlarini o‘rnatgan.
Shuningdek, «LED» yoritish chiroqlari o‘rniga arzon narxdagi boshqa yoritish chiroqlarini o‘rnatib, 140 million so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi