Buxoro yangiliklari

Viloyat Kadastr boshqarmasining murojaatlar bilan ishlash tizimi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan yurtdoshlarimizning sohaga oid murojaatlari yechimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa aholi va tadbirkorlarning sohaga oid muammolarini tezda bartaraf qilinishida ahamiyatli.

– Boshqarmaga joriy yil boshidan shu kunga qadar jami 1445 ta murojaat kelib tushgan, – deydi boshqarma murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Marjona Usmonova. – Ularning 658 tasi yuridik shaxslar, 791 tasi esa jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Murojaatlarning 531 tasi uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirib berish, 296 tasi yer maydonlarini o‘lchab berish, 310 tasi yer maydonidan ajratish, 312 tasi yer toifasini o‘zgartirish to‘g‘risida hamda boshqa sohaga oid masalalar hisoblanadi.

Murojaatlarning 825 tasi tegishli tartibda hal etilgan bo‘lsa, 624 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.