Buxoro yangiliklari

Buxoroda talaba qizni chiqindi tashuvchi mashina bosib ketgani rostmi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bir necha soat oldin Buxorodagi Telegram-kanallarda shahardagi “Gorgaz” bekati orqa tomonidagi axlatxona oldida chiqindi tashuvchi avtomashina talaba (qiz bola) ni bosib ketganli va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Qalampir.uz nashri bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Jalolovdan izoh olishga muvaffaq boʻldi.

IIB mulozimining qayd etishicha, chindan ham bugun, 7-noyabr kuni soat 08:30 lar atrofida Buxoro shahrining Mustaqillik ko‘chasida Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi bo‘lgan qiz chiqindini tashlash uchun kelgan vaqtida “Maxsusavtoxo‘jalik” MChJ ning 42 yoshli haydovchisi uni payqamasdan bosib ketgan.

– «“Musorovoz” yuk qutisini bo‘shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o‘tib ketayotgan qizni bosib qolgan. Qiz past bo‘yli bo‘lgani uchun yuk mashina kabinasiga juda yaqin kelgan vaziyatda haydovchi uni ilg‘amay qolgan va mashinani ustiga haydab yuborgan. Qiz voqea joyida vafot etgan», – deydi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Ayni damda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.