Buxoro yangiliklari

Buxoroliklar orasida “vokzal” deb yuritiladigan shahardagi markaziy hududdagi tunnel qurilishi qachon yakunlanadi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Keyingi yillarda Buxoro shahri katta qurilish maydoniga aylandi. Hududda ijtimoiy va ishlab chaqarish obyektlari qurilmoqda, zamonaviy turar joylar barpo etilmoqda, yo‘llar kengaytirilmoqda. Bularning barchasi aholiga qulaylik yaratish, ularning hayot tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan. E’tiborli jihati, bunday bunyodkorliklar shiddati susaygani yo‘q. Aksincha, jadal tus olmoqda.

Ayni payda Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov shaharda amalga oshirilayotgan ana shunday qurilish-bunyodkorlik, shuningdek, qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Su yerning o‘zida mavjud muammolar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilanmoqda.

photo 02

Dastlab viloyat rahbari xalq tilida «Vokzal chorrahasi» nomi bilan ataladigan hududda barpo etilayotgan piyodalar yer osti o‘tish yo‘lida bajarilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qayd etish joizki, mazkur hudud avvaldan transport vositalari va piyodalar serqatnov joy hisoblanadi. Shu bois bir paytlar bu yerda piyodalar yer osti o‘tish yo‘li qurilgan. Yillar o‘tib, yer osti suvi sathi ko‘tarilishi natijasida bu yo‘ldan foydalanish imkoni bo‘lmagan va u ko‘mib yuborilgan. Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlardan so‘ng mazkur piyodalar o‘tish yo‘lini qayta tiklashga qaror qilingandi.

photo 03

Shunga ko‘ra hozirda Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan uzunligi 38,5 metr, eni 4,5 metr, bo‘yi 2,5 metrdan iborat yer osti o‘tish yo‘li zamonaviy tarzda qurilmoqda.

Botir Zaripov yer osti yo‘li qurilishi bilan tanishdi. Uni sifatli yakunlash, atrofini obodonlashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, mazkur hudud serqatnovligi tufayli yo‘l transport hodisalari soni ortishi ehtimoli ham yuqori edi. Loyiha yo‘l harakati qatnashchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

photo 04

Mazkur yer osti piyodalar o‘tish yo‘li joriy hafta yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.