Buxoro yangiliklari
Jondorda o‘z uyida qimorxona tashkil etgan fuqaro o‘yin vaqtida qishloqdoshlari bilan birga qo‘lga tushdi
Oson pul topish yoki kuchli ishqibozlik ortidan hamon nafaqat pullari balki hayotini ham tavakkalga tikayotganlar afsus uchrab turadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qiladi.
Kuni kecha Jondor tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan shaxs o‘z uyida shunday “ishqibozlarga” sharoit yaratib bergani ichki ishlar organlari tomonidan aniqlandi.
Xususan, u 2023-yilning 21-dekabr kuni soat 20:30 larda fuqaro uz uyi mehmonxonasida bir guruh qishloqdoshlarini yig‘ib, qimorxona tashkil etish va uni o‘tkazish jinoyatini sodir etgan.
Qishloqdosh yigitlar manzilda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etib, qimor o‘ynab turganlarida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi