Hodisalar

AzonUz asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyada qamoqqa olindi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Azon.global, AzonUz, AzonTV loyihalari, “Azon kitoblari” nashriyoti rahbari Tursunov Alisher Ahmadovich (tahallusi Mubashshir Ahmad) 2023-yilning 28-dekabr kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi. Bu haqda Azon.global tahririyati xabar qilmoqda.

Dastlab qandaydir anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi — Azon.global tahririyati

Uning qo‘lga olingani haqidagi xabarlar bundan 10 kun oldin tarqalgan edi.

Azon.global ning yozishicha, Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qo‘yib yuborilishiga qat’iy ishonch bor edi. Ammo, vaziyat unday bo‘lib chiqmagan.

Turkiya qonunlari bo‘yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qo‘yilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga o‘tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba’zan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazishadi va u yerdan o‘z vataniga jo‘natishadi yoki ozod qilishadi.

Albatta, bu hodisa sodir bo‘lgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham 2023 yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1974-yilda tug‘ilgan Tursunov Alisher Ahmadovich Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilganligini va Istanbul viloyati, Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.