Buxoro yangiliklari

Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

picture 1
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 17-yanvar kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 90-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bankning Buxoro viloyatidagi bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov ham qatnashdi.

Sessiyada, shuningdek, viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Mahmud Istamov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i O‘ktam Askarov, viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, deputatlar, mas’ullar hamda OAV vakillari ham ishtirok etdi.

photo 03 2

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning dekabr oyida korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari doirasida Erkin Mansurovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani va unga nisbatan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish hamda mansab soxtakorligi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgandi. U noqonuniy kredit ajratish orqali 20 mln AQSh dollari miqdorida pullarni o‘zlashtirishda gumonlangan.

photo 02 4

Buxoroisharif.uz nashrining Markaziy bankdan olgan ma’lumotlariga ko‘ra, Erkin Mansurovning aybi isbotlanmagani boisidan ishdan olinmagan va ayni paytda o‘z faoliyatini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.

Yuqoridagi jinoyat ishining boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.