Buxoro yangiliklari

Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

picture
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Umarov Murodjon Anvarovich 1957-yilning 21-fevral kuni Gʻijduvon tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

photo 01

U mehnat faoliyatini Buxoro to‘qimachilik kombinati ip-yigiruv fabrikasi ustasi sifatida boshlab, Gʻijduvon ip-yigiruv fabrikasi direktori, Buxoro viloyati “Paxtasanoatsotish” aksiyadorlik birlashmasi raisi, “O‘zpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisining o‘rinbosari, Buxoro viloyati “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisi, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Gʻijduvon tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

2012-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan M. Umarov tayinlovga qadar Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

photo 03 1

Buxoro viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda rahbar jamoatchilikka tanishtirildi. Majlis davlat mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish va mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 21-dekabrda imzolangan Farmon va qaror talablaridan kelib chiqib, yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada muhim vazifalar belgilandi.

photo 02 1

Shuningdek, Buxoroda oʻtgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi N. Normatov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi o‘rinbosari A. Aslonov ishtirok etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.