O‘zbekiston

Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

photo

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 16.06.1994-yildagi 871-son Farmoniga asosan, bola tug‘ilganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi (hozirgi kunda mehnatga haq to‘lash miqdori 1 050 000 so‘m x 70,3% jami 738 150 ming so‘m). Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi.

Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi. Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi. Talaba tomonidan bir martalik “suyunchi” pulini olish uchun OTM rektori nomiga ariza, fuqarolik passporti (ID kartasi) va farzandining tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi nusxasini taqdimi etishi kerak.

Ilhomjon Saidov, Buxoro tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti, 3-darajali yurist.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.