Buxoro yangiliklari

Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bugun, 27-fevral kuni ayrim Telegram-kanallarda I. B. ismli tadbirkorning oʻz joniga qasd qilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Bu holat goʻyoki tadbirkorga tegishli yuklarning bojxona nazoratidan oʻtkazilishi bilan bogʻliqligi bayon etilgan.

Ushbu xabar Buxoro viloyat bojxona boshqarmasining tegishli tarkibiy tuzilmalari tomonidan oʻrganib chiqildi va tarqatilgan xabarlar asossiz ekanligi aniqlandi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Aniqlik kiritilishacha, fuqaro I. B. soʻnggi marotaba viloyat bojxona boshqarmasining “Kogon” TIF bojxona postiga 2024-yilning 12-yanvar kuni xorijdan import qilingan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish maqsadida deklaratsiya taqdim etgan.

“Tadbirkorga tegishli yuklar barcha bojxona qonunchiligi talablariga toʻliq rioya etilgan holda erkin muomalaga chiqarilib, uning ixtiyoriga berilgan”, — deyiladi Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi xabarida.

Shuningdek, I. B. ning bevaqt vafoti bilan bogʻliq noxush hodisa yuzasidan bugungi kunga qadar uning yaqinlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga hech qanday shikoyat kelib tushmagan.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, internetda fuqaroning vafoti bilan bogʻliq asossiz chiqarilgan xabarlarni tarqatgan shaxslarga tegishli chora koʻrish yuzasidan marhumning otasi tomonidan prokuratura organlariga shikoyat xati kiritilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu xabar e’lon qilingan resursdan o‘chirilgan bo‘lishiga qaramasdan, feyk post yashin tezligida tarqalib, ayni damda 100 dan ortiq marta ulashilgan, qariyb 9 000 marotaba ko‘rilgan hamda bu ko‘rsatkich oshib bormoqda.

Buxoroisharif.uz internet nashri voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.