Buxoro yangiliklari
Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?
Bugun, 29-fevral kuni “Potrebitel Buxara” Telegram-kanalida go‘yoki usta-quruvchilar Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabidagi musiqa asbobi (pianino) ning ustiga chiqib, jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlarni sodir etishganligi haqida xabar tarqaldi.
Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, ushbu ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik parki qurilishi munosabati bilan loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududdagi Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi barcha jihozlari, shu jumladan, barcha musiqa asboblari bilan boshqa binoga ko‘chirilgan.
Buxorodagi qurilish ishlariga jalb etilgan usta-quruvchilar esa video aks ettirilgandagi maxsus kiyim-boshda bo‘lmagan.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasiga ko‘ra:
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50–100 baravari miqdorida (22 mln 300 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 244-6-moddasiga ko‘ra:
*shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 150 baravarigacha miqdorida jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
*jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda sodir etganlik uchun yana ham og‘irroq jazo choralari, ya’ni BHMning 400 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash belgilangan.
Ma’lumotni tarqatishdan oldin tekshiring va rasmiy manbalardan foydalaning. Yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda ishtirok etmang. Bu nafaqat sizning huquqingiz, balki jamiyat oldidagi burchingiz hamdir. Esda tuting, tarqatgan materiallarimiz uchun har birimiz javobgarmiz.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining izoh berishicha, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan binosi mazkur hudud Buxoro shahar turizm markaziga aylantirilayotgani munosabati bilan buziladigan binolar ro‘yxatiga kiritilgan. Viloyat hokimligi bu borada vazirlikni ogohlantirgan, maktab vaqtincha Buxoro shahar kasb-hunar maktabining yotoqxonasi va o‘quv binosining 2 ta qavatida faoliyat olib borishi belgilangan.
Nafaqat ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, balki shu hududda joylashgan bir qator davlat idora va tashkilotlari ham boshqa hududlarga ko‘chirilgan.
Kelgusida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun zamon talablariga mos yangi o‘quv binolari, yotoqxona hamda konsert zali qurib berilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda mazkur masala mutasaddi rahbarlar nazoratida bo‘lib, mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Ayni damda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 16 ta yo‘nalishda 393 nafar o‘quvchiga 205 nafar pedagog xodim madaniyat, musiqa va san’at sohasidan ta’lim berib kelishmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi