Buxoro yangiliklari
Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)
Buxoroda avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 18-mart kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyati, Kogon tumani hududidan o‘tuvchi A-380 b avtomobil yo‘lining 32-kilometri hamda 4R-69 avtomobil yo‘lining 6-kilometri kesishgan, tartibga solingan chorrahada 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi O. Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi M. M. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida 1 nafar avtobus yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan, 1 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, 25 nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, holatda Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatriga borayotgan bo‘lgan va birinchi avtobus YTH ga uchragan.
Hodisadan bir necha soat o‘tib, Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov jarohatlangan o‘quvchilar holidan xabar oldi.
O‘quvchilarning 18 nafari Kogon shahar tibbiyot birlashmasida yotqizilgan bo‘lib birinchi tez tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan.
“— O‘quvchilarning barchasini sog‘ligi joyida, hech qanday havotirga o‘rin yo‘q, viloyat kasalxonasidan professional shifokorlar kelib o‘quvchilarning sog‘ligini ko‘rib ketishgan. Hozirgi vaqtda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatilib turibdi. Barchasi shifokorlar nazorati ostida ekanligi, kerakli dori-darmonlarning hammasi birlashmada mavjud” — Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Odil Zaripov
Hayot Davlatov o‘quvchilar bilan birma-bir suhbatlashib, qisqa fursatda sog‘ayib ketishlariga umid bildirib, sabrli hamda xotirjam bo‘lishlarini so‘radi.
Barcha haydovchilardan yo‘llarda qoidalarga rioya etgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz.
19-mart kuni Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev mazkur holatni o‘rganish hamda voqea ishtirokchilari bilan uchrashish maqsadida Buxoro viloyatiga kelgan. Bu haqda Buxoroisharif.uz ga Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.
Dastlab viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida shifoxonada tibbiy nazoratda bo‘lib turgan o‘quvchilar holidan xabar olishdi. Ularning ota-onalari va yaqinlari bilan suhbatlashildi.
Shundan so‘ng Kogon tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan maktabda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati va maktabning pedagogik jamoasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida baxtsiz hodisa va uni yuzaga keltirgan sabablar keng muhokama qilindi hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik, o‘quvchilar taqdiriga befarqlik kechirib bo‘lmas xato ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, avtohalokat ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga psixologlar biriktirilgan bo‘lib, ularning ruhiy holati nazorat ostiga olingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi