Buxoro yangiliklari

IIV Akademiyasi boshlig‘i buxorolik yoshlar bilan uchrashdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i va Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari hamda takliflari o‘rganilib, ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.

photo 02 1

Ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

photo 03

Uchrashuvdan so‘ng o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari o‘rganilib tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.