Buxoro yangiliklari
Buxoroda II xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali boshlandi
Bugun, 3-may kuni sharif shahrimizda II xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalining asosiy tadbirlariga start berildi. Erta tongdan Buxoroning eski shahar qismidan “Mo‘jizalar karvoni” tantanali yurishi boshlandi.
Shunisi ahamiyatli-ki, tadbirda bir nechta xorijiy davlatlardan madaniyat va san’at vakillari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus xodimlari hamda rasmiy tur-operatorlari qatnashmoqda.
Eslatib o5tamiz, joriy yilning 3-may kunidan 5-may kuniga qadar Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro festivalning maqsadi zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarida faoliyat olib boradigan, soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan tajribali va iqtidorli hunarmandlarni kashf qilish, nodir va yo‘qolib borayotgan san’at asarlarini asrab-avaylash, tiklash, eng ilg‘or amaliy dasturlarni targ‘ib qilish, yosh avlodga ushbu hunarni o‘rgatgan holda ommalashtirishdan iborat.
Xalqaro festival dasturidan esa turli taqdimotlar, ko‘rgazmalar, musiqali teatr namoyishlari va ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan.
Shuningdek, anjuman doirasida qadimiy shaharda “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.
Ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tayotgan mazkur festivalda 42 ta xorijiy davlatdan 157 nafar hunarmand mehmonlar, viloyatlardan esa jami 280 nafar mahalliy hunar ustalari tashrif buyurishgan. Xususan ular orasidan 115 nafari zargar, 50 nafari zardo‘z, 115 nafari boshqa yo‘nalishda faoliyat yurituvchi hunarmandlar bor.
Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish rejalashtirilgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tantanali ochilish marosimidan so‘ng va 3 kun davomida mahalliy hamda xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, matbuot anjumani va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
Fesivalga marhamat, aziz buxorolik hamshaharlar hamda muhtaram mehmonlar!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi