Buxoro yangiliklari
Buxorodagi 46 ta maktabda ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya tizimi yaratildi
Xabaringiz bor, “Zamin” fondi tomonidan “Umumta’lim maktablarida suv, sanitariya va gigiyena” dasturi doirasida viloyatimizdagi maktablarda suv ta’minoti va sanitariya tizimi yaratilmoqda.
Mazkur loyihaning dastlabki bosqichida 16 ta, ikkinchi bosqichida 17 ta maktabda quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan.
Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatildi. Endilikda yana 13 ta maktabda shunday tizim yaratilishi rejalashtirilgan.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabida tashkil etilgan seminarda ushbu maktab direktorlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga fond mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Ichimlik suvi va oqova suv tozalash tizimlari” ni qurish obyektlarini ishlash prinsipini uzluksiz tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha esa muhim tavsiyalar berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi