Buxoro yangiliklari

3 tonna kir yuvish kukunini Buxoroga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postida yuk kuzatuv hujjatlari orqali bojxona xodimlarni chalgʻitishga boʻlgan yana bir urinish bartaraf etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha xorijiy yoʻnalishda harakatlanib bojxona postiga kirib kelgan yuk avtomashinasi tegishli bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Unga koʻra yuk avtomashinasining rentgen tasvirlari va bojxona yuk deklaratsiyasida aniqlangan tafovut, bojxona koʻrigidan oʻtkazishni taqozo etdi. Gumonlarga oydinlik kiritish maqsadida amalga oshirilgan bojxona koʻrigida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgandan qariyb 3 tonnaga ortiqcha boʻlgan avtomat kir yuvish kukuni tovarlari borligi aniqlandi.

photo 2

Ayni vaqtda umumiy qiymati 135 mln so‘mni tashkil etuvchi mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bolib, holatga oydinlik kiritish maqsadida esa, bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.