Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasining yangi tayinlangan rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Bojxona organlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatining o‘zaro hamkorligida ishlab chiqarish tarmoqlari kengayib, mamlakatning eksport salmog‘i sekin-astalik bilan o‘sib bormoqda. Bunda Bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davomli tarzda tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mavzuni Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi misolida davom ettiradigan bo‘lsak, yuqoridagi fikrimizning yaqqol namunasi sifatida viloyat hududidagi tadbirkorlar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar bilan boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Muratovning ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvini aytishimiz mumkin. Bu haqda boshqarma Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

photo 02

Ochiq muloqot avvalida, bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va eksportni rag‘batlantirish maqsadida amaliyotga joriy etilgan yangiliklar soha mutaxassislari tomonidan yig‘ilganlarga batafsil tushuntirildi.

Xususan, “Eksport uch qadamda” tizimi va “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi samaradorligi yuzasidan tadbirkorlarga muhim tavsiyalar berilib, mavzu yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

photo 03

50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarini bir manzilga jamlagan uchrashuvda soha yuzasidan istiqbolli loyihalar keng muhokama etilishi barobarida, tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularga amaliy ko‘mak berishda aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

E’tiborlisi, ochiq muloqot jarayonida bir nechta ishtirokchilarining bojxona sohasiga oid muammolari shu yerning o‘zida ijobiy yechim topishiga erishildi.

photo 04

Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, mavzu doirasidagi uchrashuvlarni sayyor tartibda ham amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, navbatdagi ochiq muloqot viloyatning G‘ijduvon tumanida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.