Buxoro yangiliklari
Saudiya Arabistoni parlamenti delegatsiyasi Buxoroga tashrif buyurdi
Saudiya Arabistoni sho‘ro kengashi “Saudiya — O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jabra boshchiligidagi parlament delegatsiyasi bugun Buxoroga keldi.
Mehmonlarni viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov kutib oldi.
Saudiya Arabistoni parlamenti delegatsiyasi Buxoro shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishdi.
Xususan, mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Buxoro gilamchilik markazi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz ansamblini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi. Hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.
Mehmonlarga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.
Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning hunarmandligi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi