Buxoro yangiliklari

Buxoroda xitoylik mutaxassislar tomonidan bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2024 yilning 6–13-oktabr kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida Xitoy Xalq Respublikasining “Nurli yo‘l” muruvvat aksiyasi doirasida 200 nafar bemorda bir guruh yuqori malakali xitoylik mutaxassislar tomonidan bepul jarrohlik amaliyoti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan glaukoma va to‘rparda kasalliklari bo‘yicha maslahat hamda katarakta kasalligi bilan kasallangan bemorlarni bepul ravishda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida kutib qolamiz.

Yuqoridagi kasalliklar bilan bog‘liq muammolari bor bemorlarimiz 1 oktyabr kuniga qadar murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 50/1-uy.

Mo‘ljal: eski Buxoro tibbiyot kolleji binosi yonida.

Murojaat uchun: (+998) 91-333-39-19, (+998) 91-419-01-09, (+998) 91-647-16-17.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.