Buxoro yangiliklari
Shifokorlar Shofirkondagi “roddom” dan chaqaloqni olib chiqish uchun pora talab qilgani rostmi?
Buxoroisharif.uz ga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shofirkon tuman Markaziy shifoxonasining Tug‘ruq majmuasidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni onasi va uning qarindoshlari olib chiqish vaqtida janjal yuzaga keldi. Holat aks etgan video internetda tarqaldi.
Ushbu videodagi murojaatchining aytishicha, tumandagi “roddom” xodimlaridan ayrimlari chaqaloqni chiqarish evaziga pora talab qilishgan. Ammo fuqaro bunga e’tiroz bildirgan.
— Urmoqchi bo‘ldi mani, onangni “falon” qilay deb [so‘kdi]. Man ham so‘kinib bilaman dedim. U “so‘kinma na*** deb pichoqni oldi va o‘ldiraman hozir” deb tahdid qildi. Qanaqa xodim u? Kasalxona emas, poraxona ekan bu yer. Bunga tegishli chora ko‘ringlar. Iloji boricha yopinglar bu “roddom” ni… — video murojaat egasi.
Shuningdek, videodan ko‘rishimiz mumkin-ki, kasalxona eshigi oldida ayol kishi hushini yo‘qotib yotibdi.
Ushbu videodagi holat bo‘yicha Shofirkon tumani hokimligi tezkorlik bilan munosabat e’lon qildi. “Joyrabot” MFY da yashovchi M. I. tumandagi Tug‘ruq majmuasida 6-oktabr kuni to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirgan bo‘lib, mazkur voqea joriy yilning 9-oktabr kuni soat 12:00 lar atrofida tuman sodir bo‘lgan.
“Bola emlash olganligi munosabati bilan neonatolog–pediatr xulosasiga asosan, tug‘ruqxonada yana 1-2 kun tibbiy nazoratda bo‘lishi tushuntirilgan. Ammo uning turmush o‘rtog‘i bu holatdan norozi bo‘lib, tug‘rukxonada janjal ko‘tarib, oyna va eshiklarni sindirgan” deyiladi Buxoro viloyati Tibbiyot birlashmasi rasmiy xabarida.
Mazkur holat yuzasidan ayni damda huquq tartibot xodimlari tomonidan surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi