Buxoro yangiliklari
Buxoro dalalarida ham chigit ekish jarayoni ketmoqda
Viloyatda joriy yil paxta hosili uchun 97 ming 900 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ayni jarayonda 10 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2 ming 958 ta fermer xo‘jalik bilan shartnomalar tuzilgan.
Bugun, 24-mart kuni Romitan tumanidagi “Paxta krug zamini” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish mavsumi oldidan tashkil etilgan amaliy seminarda bu boradagi vazifalar kengashib olindi.
Viloyat va tuman sektorlari, qishloq xo‘jaligiga daxldor boshqarma va bo‘limlar, klaster korxonalari, chigit ekish otryadlari rahbarlari qatnashgan seminarda yerni chigit ekishga tayyorlash, texnikalar sozligi, chigitni bir tekis undirib olish bilan bog‘liq barcha jarayonlar amaliy mashg‘ulot tarzida tushuntirib berildi.
Mutaxassislarning fikricha, chigit belgilangan muddatlarda ekilsa ertagi, bir tekis va sog‘lom ko‘chat olinadi. Bunga urug‘ yumshoq, nam va harorati yetarli bo‘lgan tuproqqa qadalganida erishiladi. Chigitni muddatidan oldin yoki kech ekish kutilgan natijani bermaydi. Tuproq harorati 10 santimetr chuqurlikda 13-14 gradusga yetganida chigit urug‘ini qadash uchun eng qulay muddat sanalib, urug‘ qisqa kunlarda ko‘tarilishni boshlaydi. Tuksiz chigit tukliga nisbatan 5-6 kun kechroq ekiladi.
Seminarda so‘zga chiqqan sohaning tajribali mutaxassislari va olimlar ana shu haqda fikr yuritdi. Mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, chigit ekish seyalkalarni rostlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
— Buxoro tuproq-iqlimi sharoitida yer namini saqlash o‘ta muhim, hosil taqdirini hal qiluvchi ahamiyaga ega agrotexnik tadbir hisoblanadi, – dedi viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Askar Javodov.
— Shuning uchun bu tadbirga katta masuliyat bilan yondashib, chigit ekish ishlarini sifatli o‘tkazish maqsadida har bir fermergacha tushuntirish ishlarini olib borishimiz zarur. Chunki sifatli ekish hosil taqdirini 50 foiz hal qiladigan masala. Qisqa aytganda, viloyatimizda dala-dehqonchilik ishlari qizg‘in tus olmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan har bir sa’y-harakat xalqimizning farovon turmushi, barakali rizq-ro‘zi uchundir.
Viloyatda joriy yilda ertapishar “Buxoro-102”, “Buxoro-10”, “Porloq” va o‘rtapishar “Buxoro-6”, “Buxoro-8” g‘o‘za navlarini ekish rejalashtirilgan. Navlar hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib joylashtiriladi. Ob-havo injiq kelayotgan bu yilgi sharoitda chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, undirib olish mo‘l hosil yetishtirishda o‘z samaralarini beradi. Buning uchun mavjud texnikalar kuchidan oqilona foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shu maqsadda 138 ta chigit ekish otryadiga 1 ming 52 ta texnika biriktirilib, 137 ta ko‘chma ustaxona va yotoqxonalar,129 ta yoqilg‘i tarqatish mashinalari ajratildi. Ekish jarayonida 290 ta unumdor ekishgichlardan foydalaniladi.
Seminarda zamonaviy, yuqori unum bilan ishlovchi texnika vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Paxtachilik sohasiga ilmiy, innovasion g‘oyalarni keng tatbiq etish bo‘yicha amaliy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Shu kuni “Paxta krug zamini” fermer xo‘jaligi a’zolari tumanda, qolaversa, viloyatda birinchilardan bo‘lib urug‘ qadashni boshladi.
Har yilgi an’anaga muvofiq Xoja Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohida o‘zbekona udumga ko‘ra palov damlanib, dehqonchilikka qut-baraka, mo‘l hosil so‘rab, ezgu duolar qilindi.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi