Buxoro yangiliklari
Buxoroyi sharif sayyohlar e’tirofida
Buxoro Malayziya va Indoneziyadan keladigan ziyoratchi sayyohlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi
Buxoroga ziyorat turizmini jadal rivojlantirish maqsadida Buxoro viloyati delegatsiyasining 2024-2025-yillarda Malayziya va Indoneziya davlatlarida amalga oshirgan tashriflari davomida erishilgan kelishuvlar hamda olib borgan targ’ibot-tashviqotlari natijasida Malayziya va Indoneziyadan viloyatimizga kelayotgan ziyoratchilar soni ortib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 17-19-fevral kunlari bir guruh Malayziya hamda indoneziyalik sayohatchilar Buxoro bo‘ylab ziyoratlarini amalga oshirmoqdalar.
Mehmonlar sayohat davomida tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan ulkan obodonlashtirish ishlarini ko’rib, iliq fiklari bilan bo’lishdilar.
— “Shuni alohida ta’kidlashim joizki, ziyoratgohlarning toza-ozodaligi, ibodat qilish uchun shart-sharoitlarning yetarli darajada yaratilganligi, xalqning mehmondo’stligi, milliy taomlarning o’ziga xosligi, qolaversa, sayohat davrida xavfsizlikning yuqori darajada ta’minlanganligi meni hayratda qoldirdi. To’g’risi, sayohat qilgan musulmon davlatlari orasida meni maftun etgan yagona sharif shahar bizga ulkan taassurotlar qoldirdi”, – deydi mehmonlardan biri.
Ma’lumot uchun: Malayziya hamda Indoneziya davlatlaridan viloyatga haftasiga 2-3 ta guruhlar tashrifi kuzatilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


