Buxoro yangiliklari
Buxorolik nonvoy — Ravshan aka faoliyatiga nazar
Hududlarda muammolarni oʻrganish va ijobiy hal etish, kambagʻallikni qisqartish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda aholini ish bilan bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buxoro shahrida ham aholini daromadli qilish va bu orqali farovonlikka erishish boʻyicha keng koʻlamli ishlar ro’yobga chiqarilmoqda.
Birgina “Mirzo Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻini misolida bu ishlarni ijobiy samarasini koʻrish mumkin. Mahallada bugungi kunda 1 ming 25 ta xonadon, 1 ming 208 ta oila mavjud boʻlib, ularda qariyb 4,5 ming nafar aholi vakili umrguzaronlik qilib keladi. Mahallaning asosiy rivojlanish drayveri hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatish tarmoqlaridir.
Mazkur yoʻnalishlar ortidan oʻz mehnati bilan risoladagidek hayot kechirayotgan Maʼmurovlar oilasi davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan tadbirkorlardan. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan Ravshan Maʼmurov va Zumrad Maʼmurovalar dastlab mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida 33 million soʻm kredit mablagʻini olib novvoylik faoliyatini yoʻlga qoʻyishgan.

Oʻtgan 2024-yilda faoliyat koʻlamini kengaytirish maqsadida tadbirkor oila mahalla «yettiligi» koʻmagi bilan yana 100 million soʻmga teng bank imtiyozli kredit mablagʻini ham rasmiylashtirib olgan. Bu saʼy-harakat tufayli novvoyxonani kengaytirgan tadbirkorlar mahalladagi 8 nafar ishsiz fuqaroning bandligini taʼminlashmoqda.
Muhimi, hozirda novvoyxona yoki sexning bir oylik sof foydasi 20 million soʻmni tashkil etmoqda. Qoʻl ostidagi ishchilar ham mehnatlariga yarasha moddiy manfaat topishmoqda. Endilikda Maʼmurovlar oilasi oʻz faoliyatini takomillashtirib, 5 xil turdagi non va 12 turdagi shirinliklarni tayyorlab, aholi dasturxoniga yetkazib bermoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


