Buxoro yangiliklari

Qorako‘l tumanida yirik gaz-kimyo sohasi korxonasi quriladi

photo 154

Loading

Ayni kunda Qorako‘l tumanida kimyo-gaz majmuasi qurilishining dastlabki harakatlariga kirishilgan, deya xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi. Jumladan, korxona faoliyati uchun jami 250 gektar yer maydoni Qorako‘l tumani, O‘tiq-Do‘rman qishlog‘idan, shuningdek, “Olot–Buxoro” temir yo‘lining sharqidagi Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan ajratilgan. Bunda gaz-kimyo ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida viloyat Yer resurslari va davlat kadastri, Sog‘liqni saqlash, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy boshqarmalari, ekspert-mutaxassislar xulosalari olingan. Unda gazoximik kompleksi bunyodkorligi uchun tanlangan yer maydoni va uning muhofaza zonasida qurilish uchun ta’sir etuvchi biror ob’yekt mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.

photo 155

Yiliga 700 ming tonna tabiiy gazni qayta ishlab, undan sintetik gaz, polietilen tolasi olinadigan va mingdan ortiq mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlanadigan gaz-kimyo korxonasining hademay boshlanadigan qurilishiga 800 nafar quruvchi-mutaxassis jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Umumiy qiymati 2,7 milliard AQSH dollariga moliyalashtirilgan mazkur korxona istiqboliga katta ishonch bildirgan “JIZZAKH PETROLEUM” MChJ qo‘shma korxonasi Bosh direktori o‘rinbosari Mansur Shakirov viloyat hokimi Botir Zaripov qabulida bo‘ldi.

photo 156

Muzokarada nafaqat Qorako‘l va Olot tumanlari, balki viloyat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega majmua qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha o‘rganildi. Loyiha amaliyotidan bevosita manfaatdor va uning ishga tushirilishiga xayrixohligini bildirgan viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlarini tezlashtirish taklifi bildirildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.