Buxoro yangiliklari

Bugun Buxoroda maktab bitiruvchilari uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq yangraydi

photo 01
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Xususan, aynan shu kuni viloyatimizdagi 578 ta maktabning 22 ming 171 nafar 11-sinf bitiruvchilari qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashadilar.

Ularning 657 nafari o‘qishni oltin va kumush medal bilan yakunlamoqda.

Bu nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g‘oyat quvonchli va hayajonli voqeadir.

O‘z navbatida bugun, 24-may kuni viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Unda barcha darajadagi hokimlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadilar.

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigi tantanali o‘qib eshittiriladi.

Fursatdan foydalanib, o‘z bilim va iste’dodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand bo‘lishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chog‘lanib turgan barcha bitiruvchilarga oq yo‘l tilaymiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.