Buxoro yangiliklari
Buxorodan Vladivostokka to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda
Qishki jadvalga o‘tilishi bilan Centrum Air yangi yo‘nalishlarni ochmoqda:
Sankt-Peterburg
27-oktabrdan Toshkent — Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar seshanba, juma va yakshanba kunlari zamonaviy Airbus A320 laynerlarida amalga oshiriladi.
Bir tomonga bagaj bilan chiptalar — 2,6 mln so‘mdan.
Grozniy
28-oktabrdan Toshkent — Grozniy yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ishga tushadi. Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalar — 2,2 mln so‘mdan.
Vladivostok
5-noyabrdan yangi Buxoro — Vladivostok reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar haftasiga bir marta — chorshanba kuni Buxorodan, payshanba kuni esa Vladivostokdan amalga oshiriladi.
Chiptalar — 4,7 mln so‘mdan.
Centrum Air O‘zbekiston hamda MDH ning muhim mintaqalari o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, sayohatlarni yanada qulay va hamyonbop qigan holda yo‘nalishlar tarmo‘g‘ini kengaytirishda davom etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


