Hodisalar

Yaponiyada mahsulotlarni o‘g‘irlab ketish mumkin bo‘lgan do‘kon paydo bo‘ladi

photo
Foto: Tokyoroomfinder.com

Loading

Yaponiya poytaxti Tokioda 2026-yil mart oyida “Hidden in Tokyo” nomli do‘kon yana o‘z eshiklarini ochadi. Ushbu loyiha xaridorlarga “qonuniy o‘g‘rilik”ni sodir etish imkonini beradi. Bu haqda Daryo yozmoqda.

Ishtirokchilar bu noodatiy tajribaga qo‘shilish uchun atigi 1 ming iyena, ya’ni, taxminan, 7 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu pul evaziga ular do‘kon rastalaridan istalgan mahsulotni miqdori yoki narxidan qat’i nazar olishga haqli bo‘ladi, biroq bu jarayonda birgina qat’iy shartga rioya qilish talab etiladi: xaridor do‘konda hech qanday ovoz chiqarmasligi kerak.

Do‘kon maydoni o‘ta sezgir mikrofonlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular eng kichik tovushlarni ham seza oladi. Qadam bosishning tiniq tovushi, mahsulot qadoqlarining shitirlashi, hatto og‘ir nafas olish kabi eng mayda narsalar ham tizim tomonidan aniqlanadi.

Agar mikrofonlar biror tovushni qayd etsa, sinov darhol to‘xtatiladi va ishtirokchi barcha “o‘g‘irlangan” buyumlarni javonlarga qaytarishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, qatnashchilar faqat o‘z qo‘lida yoki o‘ziga yaqin holda ko‘tarib chiqara oladigan narsalarni olib ketishi mumkin.

O‘tgan yili shunga o‘xshash loyiha birinchi marta tashkil etilganda kutilganidan ham katta qiziqish uyg‘otdi. Xaridorlar o‘z epchilligini sinab ko‘rish istagida katta navbatlarni yuzaga keltirishdi. Tajribani muvaffaqiyatli deb hisoblagan tashkilotchilar esa 2026-yil uchun bu aksiya formatini takror o‘tkazishga qaror qildi.

Tadbir 2026-yilning 13–16 mart kunlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.