Mashhurlar
Ijro etgan rollari sabab muxlislar nafratiga uchragan turk seriali yulduzlari
Ba’zi aktyorlar rollari sabab yuzaga kelgan chuqur ruhiy jarohatlarni davolash uchun psixoterapevtlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi; boshqalari esa doimiy ravishda nafrat qurboniga aylanib, karyeralarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Kerem Bursin

Kerem Bursinning karyerasidagi birinchi haqiqiy muvaffaqiyatli loyiha “Quyoshni kutib” serialidagi Kerem roli bo‘lgan edi. Shundan keyingi rollarining ko‘pchiligi unchalik mashhur bo‘lmadi.
2020-yilda reytingi yuqori bo‘lgan romantik komediyaning chiqishi bilan hammasi o‘zgardi, unda Hande Erchel uning partnyoriga aylandi. Kerem Bursin “Qalbim eshigini qoq” muvaffaqiyatidan so‘ng Serkan Bolat obrazidan qanchalik “qutulishga” urinmasin, uning ishtirokidagi yangi loyihalarni tomosha qilayotganlarning deyarli barchasi erkakning yangi qahramonlarini doimo Eda Yildizning sevgilisi bilan taqqoslashadi.
Umuman olganda, Serkan ismi allaqachon umumiy tushunchaga aylanib qolgan va bu turk aktyorining yengil melodramalardan dramatik rollarga o‘tishga bo‘lgan urinishlarini jiddiy ravishda murakkablashtirmoqda.
Meryem Uzerli

Maryamga shuhrat to‘satdan keldi va “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialida omadi kelgan yosh qiz bunga mutlaqo tayyor emasdi.
Turk aktrisasi uch mavsumda Xurramni butun vujudi bilan ijro etdi, afsuski, u na zo‘riqib ishlashga, na rol va mashhurlik bilan kelgan mas’uliyat yukiga dosh bera oldi. Toliqtiruvchi ish va taniqlilik Maryamning asab holati yomonlashishi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Vaziyatni yanada murakkablashtirgan narsa shundaki, o‘sha paytda aktrisa homilador edi. U farzandini o‘ylagan holda suratga olish maydonchasini tark etdi.
“Muhtasham yuz yil” va Xurramning mashhurligidan so‘ng Meryem Uzerlini muxlislari serialni tashlab ketgani uchun qoraladi, u bilan birga ishlagan aktyorlarning aksariyati ham undan yuz o‘girdi.
Hande Erchel

Handening mashhurligi onasining saratonga chalinishi va vafoti bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Turk aktrisasi buni hali ham unutolmayapti. “Gunesh qizlari” seriali efirga chiqqan paytda qizni nafaqat rejissyorlar va prodyuserlar, balki tomoshabinlar ham yoqtirib qolgan.
Ammo o‘sha paytda ba’zilar Handeni vazni uchun qoralasa, boshqalari uning aktyorlik mahoratini tanqid qilardi, uchinchilari esa shunchaki aktrisaga nisbatan asossiz nafratlarini bildirardi.
Hande Erchel qanchalik mashhur bo‘lsa (va bo‘lib borsa), qizning shunchalik ko‘p g‘animlari paydo bo‘lmoqda. Suhbatlardan birida aktrisa shuhrati ortib borayotgan paytda paydo bo‘lgan trollarni hech qachon kechirmasligini tan olgan.
Kaan Urganjiog‘lu

Kaan Urganjio‘g‘lu ham “Sevgi iztirobi” serialida Amir rolini o‘ynay boshlagach, o‘z mashhurligining qurboniga aylandi. U chinakam professional va iste’dodli aktyor bo‘lib, rolga butunlay kirishib ketadi.
Dizi muxlislari Kaanni uning qahramonidan ajrata olmaganlari sababli tomoshabinlarning Amirga bo‘lgan barcha nafrati uni o‘ynagan aktyorga ko‘chdi. Hatto serialning fojiali yakunidan keyin ham muxlislar Kaan o‘ynagan boshqa seriallarni ko‘rishni xohlamadi. O‘z obro‘sini tiklash uchun u juda ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Shunchaki o‘z rolini a’lo darajada ijro etgan aktyor haqidagi salbiy taassurotni “Adolat” serialidagi Ilgaz roli butunlay o‘chirib tashladi. Ammo ko‘rib turganingizdek, aktyor buni isbotlashi uchun qariyb besh yil vaqt ketdi.
Buche Buse Qahramon

“Qo‘rg‘on sirlari” serialida Pelin rolini ijro etgan aktrisa Ferit Korxanning sevgilisi rolini o‘ynayotgan paytda mashhurlikka erishdi. Yangi yulduz uchun bu ajoyib imkoniyat edi, ammo vaziyat u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi.
Buche nafaqat o‘ziga nisbatan salbiy sharhlar va da’volar, balki haqiqiy tahdidlarga ham uchradi. Natijada uning advokati sudga ariza berdi, chunki haddan tashqari faol heyterlar qizning oilasini ham tinch qo‘yishmadi.
Mehmet Ali Nuro‘g‘li

Mehmet Ali Nuro‘g‘li ijro etgan “So‘yla, Qora dengiz” serialidagi Vedat ham mohirona ijro etilgan roli sabab tahdidlarga duch kelgan — heyterlari bir necha marta shaxsan da’volarini aytish yoki undan-da yomonroq ish qilish maqsadida uni ta’qib qilishgan. Aktyorning aytishicha, mashhurlikning eng dahshatli tomoni shundaki, u insonni maxfiylik va erkinlik huquqidan mahrum qiladi.
Dilan Chichek Deniz

Dilan “Chuqur” serialidagi Sena roli bilan mashhur bo‘ldi. Aktrisaning muammolari ta’qib bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, chunki u tomoshabinlarning sevimlisiga aylandi va uning qahramoni o‘limi barcha tomoshabinlarga og‘ir jarohat yetkazdi.
Ammo turk aktrisasi zo‘ravonlik va shafqatsizlik bilan to‘lib-toshgan “Chuqur”ning og‘ir syujeti oqibatlarini yengish uchun ruhshunosga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Dilan Chichek Denizning aytishicha, uning roli va mashhurlik birgalikda uning xavotirini oshirgan va o‘z his-tuyg‘ularini o‘zi ijro etgan Senaning his-tuyg‘ularidan ajratib bo‘lmay qolgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


