Jahon
Xitoyda 4 yoshida o‘g‘irlangan bola 21 yildan so‘ng topildi
Xitoyda yashovchi Pen Sunsung to‘rt yoshida o‘g‘irlab ketilganidan keyin, oradan 21 yil o‘tib, haqiqiy oilasi bilan topishdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Pen Sunsung (bolaning ismi – taririyat) bolaligida Szyansi provinsiyasidagi bozorda bedarak yo‘qolgan. Ota-onasi darhol politsiyaga murojaat qilishgan, lekin bolani topish imkoni bo‘lmagan.
Oradan vaqt o‘tib ma’lum bo‘lishicha, u Jyansu provinsiyasida yashaydigan bir oila tomonidan tarbiyalangan. Ular bolani o‘g‘irlab ketuvchilardan sotib olgan va unga yangi ism bergan. Yillar davomida Sunsung o‘zining haqiqiy oilasi borligini umuman bilmagan, asrab olgan ota-onasini esa haqiqiy deb qabul qilib yashagan.
Faqat 2024-yilning dekabr oyida DNK tahlili orqali uning biologik ota-onasi o‘g‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi. U haqiqiy ota-onasi, opa-singillari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashdi.
Haqiqatni bilganidan so‘ng, yigit asrab olgan ota-onasi bilan munosabatlarni to‘xtatdi. U ishi, do‘stlari, uyi va mashinasini qoldirib, haqiqiy qarindoshlari yashaydigan Szyansi provinsiyasiga ko‘chib o‘tdi.
Endilikda Pen Sunsung yo‘qolgan yillarni qoplash uchun oilasi bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


