Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (02.01.2026)
Munajjimlar bashorati (2026 yilning 2-yanvar, juma uchun)
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Yuz beradigan har qanday hodisaga o‘ta xotirjamlik bilan munosabat yuriting. Shunday boqingki, go‘yo bu muammo allaqachon ijobiy hal bo‘lgan.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ilgaridan qolib ketgan ishlarga qo‘l urish omadli kechadi. Ular sizga kutilganidan ham ko‘proq moddiy manfaat ulashadi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Taqdirning har qanday tanaffuslariga tayyor turishingiz talab etiladi. Ular shaxsiy hayot va ishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Vaziyatlarni sun’iy tarzda og‘irlashtirishdan nari bo‘lmasangiz, pozitivlikka erisha olmaysiz. Ayrimlar kun davomida shamollash orttirib olishlari ehtimolga yaqin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Organizmni mustahkamlash uchun turli muolajalar olishingiz tavsiya etiladi. Xalqona usullardan foydalanish ham ziyon qilmaydi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Muhabbatda to‘g‘riso‘zlilik, halollik, muloyimlik talab etiladi. Ijod qilish, sevimli xobbi bilan shug‘ullanish va uy jonivorlariga e’tibor ko‘rsatish xayrli kechadi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Qaysidir uchrashuv yoki tadbir noma’lum sabablarga ko‘ra yuz bermasa, sira tashvish chekmang. Vaziyatni borligicha qabul qiling. Siz va juftingiz bilan bog‘liq ishlarni o‘z vaqtida ado eting.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugungi kuningiz tanishuvlarga, muloqotlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Shu bahonada ajoyib insonlar bilan do‘st tutinishingiz ham ehtimoldan xoli emas.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ishsizlar yangi ish topishi kutilmoqda. Moliya bilan bog‘liq ishlarga yaqin bora ko‘rmang. Bu ishlar sizga to‘g‘ri kelmaydi. Rasm chizish, raqs va faollik talab etmaydigan o‘yinlar bolajonlarga bir dunyo shodlik baxsh etadi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kim bilandir ancha oldin janjallashib qolgan bo‘lsangiz, aynan bugun o‘sha kimsa yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishi kutilmoqda. Ehtiyot bo‘ling.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yaqinda xizmat safariga jo‘nab ketadiganlarni ham moddiy, ham ma’naviy naf keltiruvchi tanishuvlarni boshdan kechirishadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy biznesingizga ega bo‘lsangiz, xato qilishdan saqlaning. Xato qimmatga tushishi hech gap emas.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


