Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (04.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Munajjimlar bashorati (2026-yilning 4-yanvar, yakshanba kuni uchun)

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Asosiysi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Iblisning yo‘liga yurmang. Kuchingizni to‘g‘ri sarflay bilsangiz, barcha muammolarni o‘z imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda ijobiy hal etasiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Pul va omad topishingiz yo‘lida ancha zahmat chekishingizga to‘g‘ri keladi. Bardosh bilan, kuchli irodangizga tayangan holda harakatlar sodir etsangiz, maqsadga albatta yetasiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Kunning birinchi yarmida o‘tmishda qolgan sobiq qalbingiz egasi bilan internet orqali yozishmalar yozishishingizga to‘g‘ri keladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Birovlar uddalay olmagan ishlarni ham sizning zimmangizga yuklashadi. Xavotirlanmang, sizda kuch va imkoniyatlar yetarli. Bunga qo‘shib o‘z vazifangizni ham a’lo darajada ado etasiz.

Arslon (24.07 — 23.08)

Miyangizda ishingiz bilan bog‘liq yangi g‘oya va rejalar paydo bo‘ladi. Lekin ularni hamkasblarga gullab yurmang. Ishxonangizda hasadgo‘ylar yetarlicha topiladi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun ishlaringizni shu qadar ustalik bilan tez uddalaysizki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Shubhasiz, ish nafaqat ma’naviy, balki moddiy manfaatdorlik ham hadya etadi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Xususiy mulk, pul masalasida tavakkalchilikka zinhor yo‘l qo‘ymang. Do‘ppi tor kelsa, tajribali huquqshunos bilan bamaslahat ish tuting.

Chayon (24.10 — 22.11)

Faolligingiz sizga sodiq qolishi professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarda o‘z aksini topadi. Chamasi, yaqindagina ishga kirishgansiz. Qaraysizki, tugatib bo‘libsiz. Bu mo‘may daromad ham olib keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Oilalilar oylik budjetdan xabardor bo‘lib qo‘ysalar ziyon qilmaydi. Kechqurun miyangizni kemirayotgan yangi g‘oyani pishitish bilan band bo‘ling. Bu sizga mo‘may daromad keltiradi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy hayotingizda tub burilish sodir bo‘lishi kutilmoqda. Ammo bu burilish sizning foydangizga ishlaydi. Kun davomida bir-biridan yoqimli kutilmagan sovg‘alar qo‘lingizga kelib tushadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Oilasizlardan kimnidir ayol kishi sobiq suyuklisi bilan yarashtiradi. Agar yarashishga o‘zingiz ham tayyor bo‘lsangiz, ayolga shubha bilan qaramang. Bir-biringizga yana bir imkon bering.

Baliq (20.02 — 20.03)

Tushga yaqin do‘stlardan biri sizga ajoyib xabar yetkazadi. Bu xabar eng jiddiy muammolarga ham real, optimistik nazar bilan boqishingizda asqotadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.