Buxoro yangiliklari
Romitanlik erkak uyidan 16 ming dona “paq-paqa” chiqdi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Romitan tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini saqlash va kelgusida sotish bilan bog‘liq noqonuniy hatti-harakatga chek qo‘yildi. Bu haqda bojxona boshqarmasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu orqali “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror talablarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish o‘z vaqtida bartaraf etildi.
Jumladan, Romitan tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro A. X. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida unda kelgusida sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelingan jami 16 555 dona pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan fuqaroning qonunga xilof harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


