Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (08.01.2026)
Munajjimlar bashorati (2026-yilning 8-yanvar, payshanba kuni uchun)
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun eng og‘ir vaziyatlardan ham silliqchasiga chiqib ketish uchun yetarlicha imkoniyatlaringiz bor. Bunaqasi anchadan beri bo‘lmagandi. Xursand bo‘lavering.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Kechga qadar bir joyda o‘tirib qolsangiz, bilingki, hech bir jabhada ijobiy natijalarga erisha olmaysiz. Sizdan ko‘p harakat va sog‘lom entuziazm talab qilinadi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun qizg‘onchiqlik sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Nafaqat pul, balki tuyg‘ular masalasida ham qizg‘onchilik qilishingiz tavsiya qilinmaydi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Avvalo shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishingiz talab etiladi. Juftingizdan nuqson qidirishni bas qiling.
Arslon (24.07 — 23.08)
Ne ishga qo‘l ursangiz ham faqat qalbingiz amriga bo‘ysungan holda yo‘l tuting. U sizga pand bermaydi. Aksincha muvaffaqiyat qozonish sirlaridan ogoh etib turadi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Bugungi kun ushbu burj ostida tug‘ilganlar uchun qandaydir g‘alati, tushunarsiz kechishi mumkin. Asosiysi, hamkasblardan ortda qolmaslik, aksincha oldinga o‘tib ketish uchun ishda tajribangiz va bilimlaringizdan unumli foydalaning.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Anchadan beri sizga tinchlik bermay kelgan muammolar nihoyat bugun muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Nihoyat uyqusiz tunlar, asabiy lahzalar ortga chekinadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Salomatligingizni mustahkamlash uchun harakatlar sodir etishingiz so‘raladi. Garchi o‘zingizni a’lo darajada his etayotgan bo‘lsangiz ham baribir organizmingizga quloq tutishingiz kerak bo‘ladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugungi kunni pozitiv kayfiyatda o‘tkazish uchun har bir o‘tayotgan lahzadan unumli foydalaning. Hatto, yaxshi tanish bo‘lmagan odamlar bilan muloqotda ham pozitivlikni saqlab qolishga harakat qiling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun qancha ko‘p erinchoqlikka yo‘l qo‘ysangiz, imkoniyatlar, omad shuncha sizdan uzoqlasha boradi. Shuning uchun sochingizdan mahkam siqimlang-u, o‘zingizni ko‘chaga sudraklab chiqing.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Hamkasblarni janjal va bahsli lahzalarga yetaklash fikridan yiroq bo‘ling. Aksincha yanada mehr-oqibatliroq bo‘ling. Shuning yordamida ko‘ngilsiz vaziyatlarni chetlab o‘tasiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ishxonangizda hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish xavfi bor. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda keskin harakatlarga yo‘l bermang.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


