Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (11.01.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 11-yanvar, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Muhabbatda oilasizlar chuv tushib qolishlari mumkin. Ammo sizni bu vaziyatdan yaqin do‘stingiz olib chiqib ketadi. 

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kelajak haqida qattiqroq qayg‘uring. Bu muammolarni bartaraf etishda asqotadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Agar bajaradigan ishlaringiz chalkashliklardan iboratligini sezib qolsangiz, darhol bu ishdan voz keching.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ro‘zg‘oringizdagi ikir-chikirlarni muvaffaqiyatli bartaraf eta bilsangiz, oilangizda ahillik, sokinlik va quvonch hukm sura boshlaydi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kundalik yumushlarni ado etishda, muammolarni ijobiy hal etishda faolroq bo‘ling. Bo‘lmasa, hech kim kissangizga pul solib qo‘ymaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Kechqurun o‘zingiz qachonlardir yordam bergan odam sizga esdalik sovg‘asini hadya etishi kutiladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kunning ikkinchi yarmida toliqish, shamollash va isitma ko‘tarilishidan bezovtalanishingiz mumkin.

Chayon (24.10 — 22.11)

Moliyaviy masalada sizni jiddiy muammolar kutib turadi. Baribir kimdandir qarz yoki bankdan kredit olish haqida o‘ylamang. Pulsiz qolmaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Kuningiz zerikishlarga o‘rin qoldirmaydi. Kimlar bilandir tanishasiz, dildan suhbatlar qurasiz, kimlarningdir aybini yuziga aytib haqiqat g‘alaba qilishini ta’minlaysiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda tanishlardan biri yordamlashib yuboradi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Har qanday ko‘rinishdagi bayram tadbirlari sizga yorqin lahzalarni hadya etadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Moliyaviy muammolar kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal etilishi kutiladi. Garchi millionlab so‘m pulga ega bo‘la olmasangiz-da, ro‘zg‘oringiz butligicha qoladi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.