Buxoro yangiliklari
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari nega Buxoroga keldi?
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Y. A. Abdulxakov tomonidan IIV ning 2020-yil 16-iyundagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida ishlar samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda Tergov departamentining 2020-yil 24-sentabrdagi ko‘rsatma bandlarining ijrosi bo‘yicha, IIB larda tashkil etilgan so‘rovxona faoliyatining umumiy ahvoli, Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari, ya’ni Buxoro shahar IIO FMB, Buxoro, Olot, Qorako‘l va Romitan tumanlarining xizmat xonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, surishtiruvchi va tergovchilarning yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari, xizmat xonalariga o‘rnatilgan audio va videokuzatuv kameralarining ishlash ahvoli, shuningdek, tergov bo‘linmasida tashkil qilingan advokatlar xonasi bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kelgusida xizmat faoliyatini yanada yaxshilash hamda tergov sifatini yanada oshirish bo‘yicha bir qator aniq manzilli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, shu kuni Buxoro viloyati IIB majlislar zalida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. B. Valiyev ishtirokida Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi boshlig‘i L. T. Qalandarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi 5566-sonli va 2020-yil 10-avgustdagi 6041-sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash jarayonida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda “Elektron jinoiy huquqiy statistika” yagona axborot tizimi va “E-material” elektron tizimi bilan ishlash, shuningdek ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik Y. A. Abdulxakov tomonidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyatining o‘rganish davom etmoqda.
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi