Buxoro yangiliklari
Buxorolik Shavkat Quvvatov ibratli sudya deya e’tirof etildi
Adolat sahnasida e’tirof: “Ibratli sudya” mukofoti kimlarga nasib etdi?
Bugun, 13-yanvar kuni Sudyalar oliy kengashida odil sudlov, halollik va shaffoflikni o‘z faoliyatining bosh mezoniga aylantirgan sudyalarni e’tirof etishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yurtimiz sud tizimida alohida namuna ko‘rsatgan sudyalarga nufuzli “Ibratli sudya” mukofoti topshirildi.
Marosimda ta’kidlanganidek, odil sudlovni ta’minlash faqat sudyaning kasbiy mahoratigina emas, balki uning tarbiyasi, oilaviy qadriyatlari bilan ham chambarchas bog‘liq. Shu bois Sudyalar oliy kengashi tomonidan jamiyatda adolatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan sudyalarning ota-onalariga alohida e’tirof ko‘rsatildi.
Respublika bo‘yicha:
- 10 nafar sudyaning ota-onasiga Sudyalar oliy kengashining tashakkurnomasi,
- 14 nafar sudyaga esa “Ibratli sudya” mukofoti topshirildi.
Buxoro viloyat sudlari Axborot xizmatining xabar berishicha, bu sharaf Buxoro viloyati vakillariga ham nasib etdi. Xususan, Buxoro viloyat sudining Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Majid Nabiyevning ota-onasi — Sadullo ota va Nazora ona Sudyalar oliy kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, viloyat sudi sudyasi Shavkat Quvvatov “Ibratli sudya” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Taqdirlash marosimida viloyat sudi raisi Uchqun Xolboyevich tashakkurnoma va mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirib, adolat va qonun ustuvorligi yo‘lidagi bunday fidokorona xizmat jamiyat uchun muhim namuna ekanini ta’kidladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


