Islom

Alloh taolo dedi: “Izzatim va Buyukligimga qasam, modomiki bandalarim menga istig‘for aytar ekan, Men ularning gunohlarini kechiraveraman”

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Banda gohida bilib-bilmay xato, gunoh qiladi, undan kamchiliklar o‘tadi. Agar u xatodan qaytmasa o‘ziga va atrofidagilarga jabr qiladi. Xato qilgan inson tavba qilib, istig‘for aytib, Allohdan gunohlarining kechirilishini chin dildan so‘rashi lozim. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam garchi gunoh ishlar qilishdan saqlangan bo‘lsalar ham doim tavba qilib yurishlari biz ummat uchun o‘rnak va targ‘ibdir. Chin ko‘ngildan qilingan tavba va aytilgan istig‘for fazli buyuk, savobi ulug‘ bo‘lib, Alloh taolo bu tavba qilguvchi bandasini gunohini kechiradi. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ey insonlar! Alloh taologa tavba qilinglar va undan mag‘firat so‘ranglar! Men ham Alloh taologa har kuni 100 marta tavba qilaman”-deb marhamat qilganlar (Imom Muslim rivoyati).

Demak banda har doim istig‘for aytib yurishi sunnatga muvofiq ishlardan biridir. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar:

“Iblis aytdi: “Ulug‘ligingga va Izzatingga qasam, modomiki odam farzandlarining ruhi jasadida ekan men ularni yo‘ldan ozdiraveraman”.

Alloh taolo dedi: “Izzatim va Buyukligimga qasam, modomiki bandalarim menga istig‘for aytar ekan, Men ularning gunohlarini kechiraveraman” (Imom Ahmad, Hokim rivoyati)”.

Darhaqiqat, istig‘for banda uchun berilgan eng katta imkoniyat, gunohlardan poklanish uchun ulug‘ amaldir.

Ulug‘ olimlarimiz istig‘for borasida kuyidagilarni aytishgan: Gʻam va tashvishlardan qutulishni xoxlasang istig‘for ayt. Yuraging siqilsa, ishing yurishmasa, qashshoqlikka yo‘liqsang istig‘for ayt. Savdoyingdan baraka ko‘tarilsa, boy bo‘lishni xoxlasang istig‘for ayt. Farzand talabida bo‘lsang, oilang tinch bo‘lishini xoxlasang istig‘for ayt.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:

“Kimda-kim ko‘p istig‘for aytsa, Alloh o‘sha banda uchun har qanday g‘am-tashvishdan qutulishni, tanglikdan chiqish yo‘lini paydo qiladi, uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantiradi” (Abu Dovud, Ahmad, Xokim rivoyati).

Jami olam, biz bilgan va bilmagan maxluqot-u mavjudotni  yaratguvchisi Zot, O‘zi suygan bandalarigagina tavba qilish ne’matini nasib qiladi.

Alloh taolo barchamizni itig‘for aytuvchi bandalaridan bo‘lishimizni nasib aylasin.

Tahririyat: Ma’lumot uchun, Istig‘for — bu Allohdan gunohlar uchun kechirim so‘rash, tavba va pushaymonlik bildirish degani.

Qisqacha ma’nosi:

  • Inson qilgan xato va gunohlarini tan olib,
  • Allohdan mag‘firat (kechirim) so‘raydi,
  • Qayta gunoh qilmaslikka niyat qiladi.

Eng mashhur istig‘for kalimasi:

“Astaghfirulloh”
“Allohdan mag‘firat so‘rayman” degani.

Istig‘forning foydalari:

  • Qalbni poklaydi
  • Gunohlar kechirilishiga sabab bo‘ladi
  • Rizq kengayishiga, tashvishlarning ketishiga sabab bo‘ladi
  • Allohga yaqinlashtiradi

Qachon aytiladi?

  • Namozdan keyin
  • Xato qilganda
  • Kun davomida zikr sifatida
  • Tavba qilayotganda

Muallif: Ravshan Kamolov, Buxoro shahridagi “Sayfiddin Boharziy” jome’ masjid imom-xatibi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.